Kamoliddin Tojiev "Paxtakor" mashg'ulotlarida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2013
Ikki yarim yil davomida Xitoyning "Jiangsu Sainti" klubi sharafini himoya qilgan Kamoliddin Tojiev o'z formasini ushlab turish maqsadida "Paxtakor"ning ertadan boshlanadigan mashg'ulotlarida ishtirok etadi.
Ayni paytda futbolchi ozod agent maqomini olgan.

"Jiangsu Sainti" klubi prezidenti klub rahbariyatini o'z vazifasidan ozod etgan. Avvalgi rahbariyat paytida tuzilgan tarkib ham deyarli tarqalib ulgurdi. Jamoani murabbiylar shtabi ham tark etishdi. Faoliyatimni qayerda davom ettirishim hozircha noma'lum. Balki yana Xitoyga ketarman. Agentlar 2-3ta jamoadan taklif borligini aytishgan. Unga qadar "Paxtakor" mashg'ulotlarida ishtirok etaman", - deydi Kamoliddin Tojiev "CA"ga bergan intervyusida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia