Kambodjada o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi haqida bilasizmi?

Narzulla Saydullayev
3 fev 2024, 17:26
2012 yil O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo'lgan Alisher Mirzaev yodingizdami?

U 2019 yil Kambodjaning "Visaka" klubiga ko'chib o'tgandi. Ikki yil davomida ushbu klubda to'p tepgan Mirzaev 2021 yilda Kambodjaning "Prey Veng" klubida o'ynadi. 2022 yil fevral oyida yana "Visaka"ga qaytdi va hozirga qadar shu yerda o'ynab kelmoqda. Bugunga qadar Mirzaev ikki marta (2019 va 2022 yillarda) Kambodja vice-chempioni bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Mirzaev faoliyati davomida "Obod" (2016), "Navbahor" (2017), "Surxon" (2018) kabi o'zbek klublarida to'p tepgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia