Legionerlarimiz. Alisher Mirzaev gol urgan o'yinda “Prey Veng” yirik hisobdagi g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
19 sen 2021
Kambodja chempionatining 14-turi doirasida hamyurtimiz Alisher Mirzaev to'p tepayotgan “Prey Veng” safarda muhim g'alabaga erishdi.

“Asia Euro Yunayted”ga qarshi kechgan bahs 4:1 hisobida Alisher Mirzaev jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi. Mazkur bahsda gollardan biri aynan hamyurtimiz tomonidan kiritildi.

Eslatib o'tamiz, “Prey Veng” chempionatda o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Futbolchimiz esa ikki yildirki, faoliyatini mazkur mamlakatda o'tkazmoqda. 

Ma'lumot uchun, Alisher Mirzaev “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012 yil Eronda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan. 

Kambodja chempionati, 14-tur

“Asia Euro Yunayted” – “Prey Veng” – 1:4


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia