O'zbekistonlik yarim himoyachi Kambodja terma jamoasi sharafini himoya qiladi

Sherzod Nurmatov
23 noya 2025
Yarim himoyachi Alisher Mirzaev Kambodjadagi 5 yillik faoliyatidan so'ng mazkur mamlakat terma jamoasida o'ynaydigan bo'ldi.

Futbolchi 2019 yil "Surxon"dan Kambodjaning "Vishakxa" jamoasiga yo'l olgandi. 

29 yoshli futbolchi bugungi kunda ham aynan shu jamoada o'ynamoqda. Mirzaev joriy mavsum 10 uchrashuvda maydonga tushdi.

Markaziy yarim himoyachi 2012 yil O'zbekiston U-16 terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ASEAN Football