Kambodja terma jamoasi o'zbekistonlik futbolchini mahalliylashtiradi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2026, 15:40
Yarim himoyachi Alisher Mirzaev endilikda Kambodja terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kambodja terma jamoasi 2026 yilgi Janubi-sharqiy Osiyo (ASEAN) Kubogida 9 nafar mahalliylashtirilgan o'yinchi bilan kuchaytiriladi. Ular orasida o'zbekistonlik 30 yoshli futbolchi Alisher Mirzaev bor. Yarim himoyachi bugungi kunda “Kompong Deva” klubida o'ynaydi.

O'z vaqtida “Surxon”, “Navbahor” va “Obod” jamoalari sharafini himoya qilgan Mirzaev 2020/21 yilgi mavsumdan buyon Kambodja chempionatida to'p tepib keladi. Xavbek joriy mavsum 12 o'yinda 1 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: vietnam.vn