Kambodja shahzodasi "Sent-Eten"ni xarid qilmoqchi

Alisher
19 sen 2021, 09:01
Kambodja shahzodasi Norodom Ranarit Liga 1 klubini xarid qilish uchun yuz million evro ishlatishga tayyor.

Bugun osiyolik siyosatchining Fransiyaning eng sovrindor jamoalaridan birining egasi bo'lish xohishi haqida xabarlar yangradi.

"Ko'klar" hali yangi investor qidirayotgan KPMG kompaniyasiga rasmiy javob bermadi. Tez orada rasmiy muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Norodomning bobosi Sharl de Gollning do'sti bo'lgan, shahzodaning o'zi esa millionlar o'yinining katta muxlisidir. U "Sent-Eten"ni sotib olish orqali Fransiya va Kambodja o'rtasida siyosiy aloqalarni o'rnatishda katta qadam qo'ymoqchi.


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien