Joze Mourinyo: “Shou “Yang Boyz”ga qarshi maydonga tushadi”

Aziz Tukhtamuradov
16 sen 2018, 08:54
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Uotford” bilan bo'lib o'tgan (2:1) o'yindan so'ng himoyachi Lyuk Shou haqida berilgan savolga javob qaytardi.

Portugaliyalik mutaxassis jamoa himoyachisining chorshanba kuni YCHL doirasidagi Shveytsariyaning “Yang Boyz” klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishini aytdi.

“Lyuk chorshanba kungi o'yinda ishtirok etadi. Ha, Eshli Yang ikkala qanotda ham o'ynay oladi. Lekin Shou va Yang boshqa-boshqa kalibrdagi himoyachilar hisoblanadi. Bu chiziqda yosh Matteo Darmian ham o'ynay oladi”, - dedi Mourinyo.

Eslatib o'tamiz, Lyuk Shou Angliya terma jamoasi tarkibida UEFA Millatlar ligasidan o'rin olgan Ispaniyaga qarshi kechgan (1:2) uchrashuvda boshidan jarohat olgan edi. “Yang Boyz” - “Manchester Yunayted” o'yini 19 sentyabr kuni Bern (Shveytsariya) shahridagi “Stad de Suiss Vankdorf” stadionida bo'lib o'tadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: