

“Ular allaqachon maydonda mashg'uotlarni boshlashdi. Ammo hali umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishmadi. Oy oxiriga qadar, Chempionlar ligasi bahslari boshlanishi arafasida ular safga qaytishadi, deya umid qilaman”, deya portugaliyalik murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “MYU” rasmiy sayti.
Shuningdek, Mourinyo yarim himoyachi Fellaini tizzasidan jarohat olib, bir necha hafta maydonga tusha olmasligini ham ma'lum qildi.



