

O'yin shanba, 14 noyabr kuni Bragadagi "Munisipal-di-Braga" stadionida bo'lib o'tadi. Avvalroq milliy jamoa futbolchilari bahsga Ronaldu terma jamoada to'p surgan ettinchi raqamli liboslarda tushishi xabar qilingan edi.
- Uning ishtirok etishini xohlaysizmi?
- Bilmayman. Bu uning o'ziga bog'liq, - deydi Jezushning so'zlarini Record nashri.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi debyutini 18 yoshida, 2003 yil 20 avgust kuni Qozog'iston milliy terma jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida (1:0) ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib o'tkazgan edi. Hujumchi Portugaliya terma jamoasi safida jami 234 ta o'yin o'tkazib, 146 ta gol va 45 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ronaldu Yevropa chempioni (2016) va ikki karra UEFA Millatlar ligasi g'olibiga (2018/2019 va 2024/2025 yillar mavsumi) aylangan.



