Jessi Lingard faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 dek 2020, 08:58
Futbolchi qishki transferlar oynasi vaqtida MYUni tark etishi kuitlmoqda.

MYU yarim himoyachisi Jessi Lingardning vakillari futbolchining qishki transfer oynasida boshqa jamoaga o'tishi borasidagi variantlarni o'rganmoqda. Lingardga da'vogarlar orasida “Real Sosedad”ning borligi aytilmoqda. Avvalroq MYU futbolchini jamoada olib qolishi mumkinligi xabar qilingandi.

Jessining “Yunayted” bilan amaldagi kelishuvi 2021 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Shartnomani kelishuvga ko'ra 1 yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports