JCH-2030 Ispaniya va Portugaliya maydonlarida o'tishi mumkin

8 okt 2020, 02:17
Ispaniya va Portugaliya o'rtasida futbol bo'yicha 2030 yilgi jahon chempionati mezbonligini qabul qilish bo'yicha qo'shma ariza berish to'g'risida kelishuv imzolandi. Bu haqda Ispaniya qirollikgi futbol federatsiyasi (RFEF) matbuot xizmati xabar qildi.

RFEF prezidenti Luis Rubiales va uning portugaliyalik hamkasbi Fernando Gomesh har 2 mamlakat futbolini rivojlantirish bo'yicha shartnomani ratifikaciya qilishdi.


Manba: rfef.es