Italiya termasini boshqarishga asosiy nomzod ma'lum

Khoja
11 iyun 2025, 10:11
“Xayduk“ bilan shartnomasii bekor qilgan Jennaro Gattuzo Italiya termasiga bosh murabbiy bo'lishi mumkin.

47 yoshli mutaxassis 4 karra jahon chempionlarini boshqarishga asosiy nomzod bo'lib turibdi. Gattuzodan tashqari terma jamoani boshqarishga De Rossi va Fabio Kannavarro ham davogarlar qatoridan joy olgan. Biroq Italiya futboli rahbariyati aynan Jennaroni terma jamoaga bosh murabbiy qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, JCH saralash bosqichining ilk turidagi mag'lubiyatdan so'ng Luchiano Spalletti Italiya termasini tark etishini ma'lum qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru