Ispaniya kubogi. “Valensiya” va “Alaves” safarda g'alaba nashidasini surdi

25 okt 2017, 01:33
Ispaniya kubogi 1/16 final ilk o'yinida “Valensiya” va “Alaves” safarda to'p tepishlariga qaramay ijobiy natijani qo'lga kirita olishdi.

“La Romareda” stadionida “Saragosa” mehmoni bo'lgan “ko'rshapalaklar” o'yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Rodrigo va Parexo (penaltidan) gollari evaziga muhim g'alabani tantana qilishdi.

“Alaves” esa o'yin tugashiga uch daqiqa qolganida Santosning golidan keyin “Xetafe”ni taslim etdi.

Javob o'yinlari 29 noyabr kuni o'tkaziladi.

Ispaniya kubogi. 1/16 final. 1-o'yin.

SaragosaValensiya0:2

Gollar: 0:1 – Rodrigo – 81, 0:2 – Parexo – 90+1 (pen)

Xetafe –Alaves 0:1

Gollar: 0:1 – Santos – 87



Manba: championat.asia