Islom Isoqjonov: “O'yinni yuqori suratda o'tishi kutilgandi”

Narzulla Saydullayev
10 sen 2016, 21:50
Namanganda bo'lib o'tgan “Navbahor” va “Olmaliq” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo'limida mezbonlar futbolchisi Islom Isoqjonov hisobni tenglashtirib, muxlislar olqishiga sabab bo'ldi.

O'yin yakuniga etgach, Islomning fikrlari bilan qiziqdik: - Uchrashuvni yuqori suratda o'tishi kutilgandi. Chempionatda yuzaga kelgan tanaffus paytida muxlislar futbolni sog'inib qolishgandi. O'z navbatida ancha vaqtdan beri o'yin amaliyotiga ega bo'lmay turib, maydonga tushish ham oson bo'lmadi. Himoyada yo'l qo'yilgan xatolar tufayli birinchi bo'limda o'z darvozamizdan ikkita to'p olib chiqishga majbur bo'ldik. Kutilmaganda o'tkazib yuborilgan gollardan keyin qiyin vaziyatga tushib qoldik. Vaziyatni o'nglashda ancha qiyinchilikka duch keldik. Murabbiylarning bergan ko'rsatmalarini bajarib, yakunda durang natijani saqlab qola oldik. Aslida g'alabani ko'zlagandik. Ammo, maqsadimizga erisha olmadik. Xato va kamchiliklarimizdan tegishli tarzda xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarda g'alaba qoznamiz degan umiddaman.


"Navbahor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia