Iordaniya bilan o'yinni Sherzod Qosimov, Yangi Zelandiya bilan o'yinni Ermatov boshqaradi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2014, 11:13
O'zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi ikki o'rtoqlik uchrashuvi uchun hakamlar tayinlandi.
O'zbekiston va Iordaniya o'rtasidagi 4 sentyabr kungi o'rtoqlik uchrashuvni FIFA referisi Sherzod Qosimov boshqaradi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

O'zbekiston - Iordaniya
4 sentyabr 2014. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00
Bosh hakam:
Sherzod Qosimov
Qanot hakamlari: Temur Gaynullin, Ruslan Serazitdinov
Zaxira hakami: Murod Muhamedov.

8 sentyabrdagi O'zbekiston va Yangi Zelandiya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqaradi.

O'zbekiston - Yangi Zelandiya
8 sentyabr 2014. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00
Bosh hakam: Ravshan Ermatov
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami
: Sherzod Qosimov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia