

Manbaga ko'ra, "Chelsi" futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub vakillari tez orada Milanda uchrashib, ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilishlari mumkin.
Darvozabon o'tgan yozdan beri "neradzurri" safida to'p tepmoqda. Kamerunlikning milanliklar bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
"Inter" futbolchisi ketgan taqdirda "Empoli" a'zosi Gilelmo Vikario variantini ko'rib chiqmoqda.



