

The Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, 22 yoshli hujumchi Ispaniyaga klub bosh murabbiyi Devid Moyes bilan muzokara o'tkazish uchun borgan. U yozda Real Sosedadga o'tishi mumkin.
Oldinroq Moyes bir necha marta yosh britaniyalik futbolchilar bilan ishlashni istayotganini ma'lum qilgandi.
Ingzga Angliyaning Liverpul va Tottenxem klublari ham qiziqish bildirishgan.
Bu mavsumda futbolchi APL doirasidagi 22ta o'yinda 9ta gol urdi va 4ta golli pas oshirdi.


