"Bunyodkor" futbolchisi Qozog'iston jamoasiga o'tdi

12 iyun 2026, 21:53
Qozog'istonning "Oqjeptes" klubi matbuot xizmati Shahboz Umarovning jamoa tarkibiga qo'shib olinganligini ma'lum qildi.

27 yoshli futbolchi uchun Qozog'iston jamoalari begona emas. U bunga qadar “Ordabasi”, “Turan” va “Tobol” jamoalarida harakat qilgan. U ushbu mavsumning birinchi qismida “Bunyodkor” tarkibida Superliganing 4 o'yinida umumiy 93 daqiqa harakat qildi.

Umarov 2023 yilda Qozog'iston chempioni va 2022 hamda 2025 yillarda Qozog'iston Kubogi sohibiga aylangan.

722753916_18394924759082747_6176524338122546002_n.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: instagram.com/fcokzhetpes/