Ilhom Sharipov: "Orol" bilan sun'iy maydonda o'ynash "Dinamo" uchun sinov"

Narzulla Saydullayev
29 apr 2016, 11:04
Birinchi Liga 6-turi doirasida Samarqandning Dinamo jamoasi Nukusda Orol klubi mehmoni bo'ladi. Ushbu bahs oldidan jamoa bosh menejeri Ilhom Sharipov fikrlari bilan qiziqdik.
O'tgan turda Xorazmga qarshi o'tgan uchrashuvdagi g'alaba jamoamiz kayfiyatini ko'tarib yubordi. Yigitlarda maydonga tushish va g'alaba ishtiyoqi kuchli - deya gap boshladi Dinamo ustozi.

Raqibimiz Orol jamoasi o'tgan turda Zomin klubi ustidan o'z maydonida 5:2 hisobidagi g'alabaga erishgani Nukus klubi futbolchilarining bizga qarshi yuqori kayfiyat va bosimsiz to'p surishlarini taminlaydi. Qolaversa, Orolga qarshi safarda to'p surish ko'pchilik jamoalar uchun qiyin. Sababi, Orol Nukusda sun'iy qoplamali maydonda to'p suradi. Biz joriy mavsumda faqat tabiiy maydonlarda tayyorgarlik ko'rgan edik. Sun'iy qoplamada o'ynashimiz Dinamo uchun jiddiy sinov bo'ladi. Vazifamiz Oliy Ligaga qaytish ekan, har qanday qiyinchiliklarni engib o'tib, g'alaba qozonishimiz shart - deydi Ilhom Sharipov o'yindan oldin.

Eslatib o'tamiz, 29 aprel, juma kuni Nukus shahrida o'tadigan Orol - Dinamo uchrashuvi soat 17:00da boshlanadi.

Dinamo Matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz