Iker Kasilyas: "Xabi qaytishi kerak"

8 may 2026, 22:22
"Real" sobiq posboni Iker Kasilyasning fikriga ko'ra, Xabi Alonso Madrid klubi bosh murabbiyligiga qaytishi kerak.

Alonso o'tgan yozda "Real" boshqaruvini qo'liga olgandi. 12 yanvar kunida esa qoniqarsiz natijalari sababli murabbiy bilan kelishuvni bekor qilgandi.

"Men uchun ideal murabbiy - Xabi Alonso. U jamoaga ishonch bahsh qila oladigan ideal murabbiy. Biroq bu qarorni qabul qila olish kerak. O'z vaqtida klub Rafa Benitesni ketkazib, Zidanni bosh murabbiy qilib tayinlagandek. O'shanda barchasi yaxshi bo'lib ketgandi", - dedi Kasilyas.


Manba: Movistar