

Aprel oyida Iguain "Napoli"ni sudga berib, obrazidan foydalangani uchun "Napoli"dan 600 ming evro undirmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Futbolchining so'zlariga ko'ra, "Napoli" 2014/15 va 2015/16 mavsumlar uchun foydalangan imij huquqlari tufayli qarz bo'lib qolgan.
Sud davomida Gonsalo Iguain advokatlari futbolchining haqligini isbotlovchi hujjatlarni taqdim eta olishmadi. Argentinalik endi "Napoli"ga sud ishlari uchun 50 ming evro o'tkazib berishiga to'g'ri keladi.



