Ibragimovich "Milan" o'tishi borasidagi mish-mishlarni rad etdi

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2015, 18:15
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Milan"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Men PSJga tegishliman, klub bilan yana bir yillik shartnomam bor. Bu hikoyalarda hech qanday haqiqat yo'q. Yozda boshqa klubga o'tish haqida o'ylamadim. PSJ bilan bu mavsumda barcha sovrinni qo'lga kiritdik. Bu mish-mishlar qayerdan olinayotganiga tushunmayman. Chempionlar ligasi muhim emas, asosiysi o'zim yoqtiradigan klubda to'p tepish. PSJda esa futboldan rohat olaman" - deydi Ibra.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com