Hatto Polsha Birinchi ligasi vakili ham Balotelli bilan shartnoma imzolashni xohlamadi

Alisher Ostonov
25 dek 2025, 19:20
"Jenoa"dan ketganidan so'ng italiyalik hujumchi Mario Balotelli haligacha klubsiz qolmoqda.

Yaqinda uning "River Pleyt"ga o'tishi haqida yana gap-so'zlar paydo bo'ldi, biroq unga Yevropadan ham qiziqish bo'lgan.

"Super Mario" xizmatlariga Polsha Birinchi ligasida 6-o'rinda borayotgan Krakovning "Vechista" jamoasi qiziqish bildirgan, ammo klub vice-prezidenti Slavomir Peshko bu mavzu juda tez yopilganini aytdi.

Ha, shunday bo'lgan. Rostdan ham. Ammo men uning ijtimoiy tarmoqlardagi mashg'ulotini ko'rdim - u qanday holatda ekanini. Shundan keyin bu fikrdan voz kechdim", - dedi Peshko "Kanał Sportowy"ga.

Polshalik jurnalist Pyotr Kozminski esa transfer amalga oshmaganining boshqa sababini keltiradi. Uning ma'lumotlariga ko'ra, Polshadagi eng boy klublardan biri sanaladigan "Vechista" Balotellining moliyaviy talablarini qondirishga qodir bo'lmagan, shuningdek, futbolchining o'zi ham bunday past darajada o'ynashni istamagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Kanał Sportowy