Ekstraklassa. Chempionlik masalasini hal qilib bo'lgan “Legiya” durang o'ynadi. Yaxshiboev esa nihoyat maydonga tushdi

Eldor Akmurzayev
1 may 2021
Polsha chempionati 28-turidan o'rin olgan “Legiya” – “Visla” bahsida hisob ochilmadi – 0:0.

Jasurbek Yaxshiboev nihoya varshavaliklar safida ilk o'yinini o'tkazdi. U 79-daqiqada portugaliyalik hujumchi Rafaelning o'rniga maydonga tushdi.

Ma'lumot o'rnida. Ekstraklassa 60 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan “Legiya” o'tgan tur chempionlik masalasini muddatidan oldin hal qilib bo'lgandi. Jamoa o'z tarixida 15-bor mamlakat titulini qo'lga kiritdi.

"Legiya" YCHL 2021/22 yilgi mavsumini birinchi saralash raundidan boshlaydi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia