Ekstraklassa. “Legiya” peshqadamligini mustahkamladi, Yaxshiboev esa …

Eldor Akmurzayev
8 mar 2021
Polsha chempionati 20-turidan o'rin olgan “Shlyonsk Vroclav” – “Legiya” bahsida mehmonlar Pavel Vsholekning goli evaziga minimal hisobda zafar quchdi.

Jasurbek Yaxshiboev esa bu safar ham varshavaliklar qaydnomasidan o'rin olmadi. Bizga ma'lum bo'lishicha, Yaxshiboev mavsum oralig'idagi tayyorgarlik jarayonida etarli o'yin amaliyoti ega bo'lmagani tufayli asosiy jamoa uchrashuvlarida qatnashmayapti va u funkcional holatini tiklash jarayonini olib bormoqda.

“Shlyonsk Vroclav” – “Legiya” 0:1

"Gorodskoy"

Gol: Vsholek 64

“Legiya” – Boruc, Yuranovich, Veteska, Shabanov, Vsholek (Pekxart, 50), Slish, Gviliya, Mladenovich, Kapustka, Rafael, Vlodarchik

TURNIR JADVALI

 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia