"Har safar Salah bilan to'qnashib ketganingizda devorga urilgandek bo'lasiz"

Tolibjon Qosimov
11 sen 2024, 19:59
Fransiyalik himoyachi Luka Din "Roma"da birga to'p tepgan sobiq jamoadoshi Muhammad Salah haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi.

"Bo'yiga nisbatan u juda kuchli. Men u bilan birga mashg'ulot o'tkazganman, texnik tomonlama o'ta iqtidorli o'yinchini ko'rganman va buni hammamiz bilamiz. Salah jismoniy tarafdan ham juda kuchli.

Har safar u bilan to'qnashib ketganingizda devorga urilgandek bo'lasiz", - degan Din.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/Football__Tweet