Gvatemala Rossiya terma jamoasiga qarshi o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026, 17:53
Gvatemala terma jamoasi mart oyidagi tanaffus paytida Rossiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazmaydi.

Bu haqda milliy futbol federatsiyasi prezidenti Xerardo Pais ma'lum qildi.

Uning aytishicha, jamoa allaqachon boshqa raqiblar - Jazoir va Peru bilan uchrashuvlarni kelishib qo'ygan, shu sabab Rossiya tomonining 31 mart kuni Sankt-Peterburgda o'ynash taklifini rad etishga majbur bo'lgan.

Shu bilan birga, Pais Rossiyaga qarshi o'yin keyinroq - iyun oyida yoki AQSHda bo'lib o'tadigan JCH-2026dan keyin o'tkazilishi mumkinligini istisno qilmadi.

Avvalroq 27 mart kuni Rossiya terma jamoasi Krasnodarda Maliga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi ma'lum bo'lgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: russiatourism.ru