Gvardiola faoliyatidagi 25-sovrinni yutib, Mourinyoga yetib oldi

25 fev 2019, 08:50
Gvardiola boshchilik qilayotgan “Manchester Siti” kecha Angliya liga kubogi finalida “Chelsi”ni mag'lub etdi.

Bu kataloniyalik murabbiy uchun “Siti” bilan qo'lga kiritilgan 4-sovrin bo'ldi. Shuningdek, Pep faoliyati davomidagi 25 sovrinni yutib, Joze Mourinyo bilan tenglashib oldi. 48 yoshli Pep “Barselona” bilan 14 ta, “Bavariya” bilan 7 ta va “Siti” bilan 4 ta sovrin yutdi.

Kuchli beshlik chempionatlarida ishlayotgan murabbiylar ichida uchinchi raqamli eng sovrindor murabbiy Karlo Anchelotti bo'lib turibdi. Uning hisobida 20 ta sovrin bor.


Manba: Sport Express