Gvardiola: "3:0dan keyin ko'p jamoalar bo'shashadi"

Mirjalol Normatov
23 sen 2018
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 6-turi doirasida "Kardiff" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ko'pchilik jamoalar ikkinchi bo'limda 3:0dan keyin bo'shashadi. Biroq biz unday emasmiz, barqaror o'yin ko'rsatishga harakat qildik va shunday bo'ldi ham.

Hafta o'rtasida biz yoqimsiz natijalar qayd etdik. Shu boisdan barchasini yaxshilash uchun anchagina ter to'kdik. Nihoyat, kuchli o'yin ko'rsata oldik", - dedi Gvardiola.

"Siti" ayni damda 16 ochko bilan APL turnir jadvalining 2-pog'onasini egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC