Giggz Fernandeshning qaysi poziciyada o'ynashi kerakligi va debyuti haqida gapirdi

Alisher
3 fev 2020, 11:30
MYU sobiq futbolchisi Rayan Giggz jamoaning yangi o'yinchisi Brunu Fernandeshning debyutini ijobiy baholadi.

"Uning poziciyasi darvoza tomon bunchalik yaqin deb o'ylamayman. U orqaroqda harakat qilganda chiziqlar orasidan yaxshi paslar berishi mumkin, ammo buning uchun aql bilan ochiladigan o'yinchilar kerak.

"O'ylaymanki, u avvalo jamoada o'zi uchun to'g'ri poziciyani topishni xohlaydi. Brunu o'yinning oxirida charchab qoldi, ammo biz uning o'yinidagi sifatni ko'rdik", - deydi Giggz.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik MYUga "Sporting"dan o'tdi. Debyut o'yinida esa "Manchester Yunayted" o'z uyida "Vulverxempton" bilan nursiz durang o'ynadi.


AlisherMuallif
Manba: Premier League Productions