Gasperini: "Roma" o'zi to'liq nazorat qilib turgan o'yinda mag'lub bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
15 okt 2026, 14:50
"Roma" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida "Real"dan uchralgan mag'lubiyatga (3:4) izoh berdi.

"Biz eng so'nggi pallada, ustiga-ustak eng kutilmagan tarzda - burchak zarbalari vaqtida qoqildik. Haqiqatan ham haddan tashqari passiv harakat qildik. Bungacha o'yin borishini a'lo darajada nazorat qilib turgan o'yinimizni qo'ldan chiqardik. "Real" burchak zarbalarida juda xavfli, biroq birinchi bo'limda o'yin so'ngidagi kabi dovdirab qolmagan edik. Bizni xuddi falaj qilib qo'ygandek bo'ldi.

Albatta, bizda tayanish mumkin bo'lgan jihatlar bor. Biroq o'yinni oxirigacha etkazish kerak, hatto ikki to'p farqi bilan oldinda borayotgan bo'lsangiz ham so'nggi daqiqalar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Namoyish etgan o'yinimizni asos qilib olishimiz zarur, axir bizga "Real" raqiblik qildi. Shu bilan birga, albatta, o'xshamagan jihatlarni ham tahlil qilib chiqish shart", – dedi Gasperini.

"Real" 6 ochko jamg'arib, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi. "Roma" esa 1 ochko bilan 25-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com