A Seriyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
8 noya 2025, 09:43
"Roma" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini A Seriyada oy murabbiyi bo'ldi.

67 yoshli murabbiy qo'l ostida rimliklar 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat ("Inter"dan) qayd etdi.

Oktyabr oyi futbolchisi sifatida "Napoli" yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa etirof qilindi. Kamerunlik futbolchi o'tgan oyda liganing 4 o'yinida 3 gol urdi.

Federiko Bonaccoli ("Kremoneze"), Hoqon Chalxanoglu ("Inter"), Nikolo Kambyagi ("Bolonya"), Elia Kapril ("Kalyari") va Rafaela Leau ("Milan") kabi futbolchilar Zambo-Angissa bilan bir qatorda ovoz berish jarayonida nomzodi ko'rsatilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: legaseriea.it