Garnacho MYU rahbariyatiga ultimatum qo'ydi

Khoja
12 avg 2025
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Alexandro Garnacho jamoani tezro tark etishni reja qilmoqda.

Shu sababli argentinalik yulduz MYU rahbariyatiga ultimatum qo'ydi.

Yoki “Chelsi”ga o'tishimga ruxsat berasiz, yoki men qolaman va keyingi 6-12 oy davomida o'ynamayman", - deb fikr bildirgan futbolchi.

Eslatib o'tamiz, MYU 21 yoshli futbolchini 50 million funtga sotishni reja qilgan. Biroq "Chelsi" vinger uchun 30 million funtdan ko'p berishni istamayapti. Garnachoning o'zi esa London klubi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishib bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru