Garet Beyl Mbappening "Real"ga transferi haqida nimalar dedi?

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2017, 16:07
Bugun Britaniyaning "Express" nashri "Real" Garet Beylni sotuvga qo'yishi haqida ma'lum qilgan edi.

Uni sotuvidan tushgan pullarni "galaktikos" Kilian Mbappeni sotib olishga sarflamoqchi. Uelslik yarim himoyachi 18 yoshli francuz hujumchisining ehtimoliy transferi borasida o'z fikrini bildirdi.

"Tan olaman, Mbappe ishtirokidagi ko'p o'yinlarni ko'rmaganman. Men faqatgina Kilian kuchli futbolchi ekanligini bilaman. Agar u "Real"ga o'tsa, unda hammasi juda yaxshi darajada o'xshashini tilab qolaman", - dedi Beyl.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca