Gakpo yanvar oyida 30 million evroga sotilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
1 noya 2022
PSV hujumchisi Kodi Gakpo qishki transfer oynasida Niderlandiya klubini tark etish ehtimoli mavjud.

"De Telegraaf" xabariga ko'ra, PSV 23 yoshli futbolchini o'zida saqlab qolmoqchi, ammo moliyaviy nuqtayi nazardan klub yangi taklifni rad eta olmaydi. PSV yanvar oyida hujumchini 30 million evroga sotishga tayyor, chunki jamoa mavsumni yomon yakunlamaslik uchun zudlik bilan transfer bozorida muvaffaqiyatli yurish qilishi kerak.

Avvalroq Gakpo "Lids"ga o'tishga yaqin ekani xabar qilingandi. Bitimning ehtimoliy summasi 30 million funt (34 million evro)ga baholangandi.

2022 yilning yozida futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin edi, ammo "qizil iblislar" PSVning moliyaviy talabini qondirishmagan edi.

Gakpo joriy mavsum klub safida barcha turnirlarda 21 ta o'yinda qatnashib, 13 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: De Telegraaf