Futzal. O'zbekiston ayollar terma jamoasi qatnashadigan CAFA-2022 turnirining taqvimi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2022, 23:05
“CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022” xalqaro turniri boshlanish arafasida.

Tojistonning Dushanbe shahrida futzal bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan CAFA-2022 musobaqasi start olmoqda. O'zbekiston, Tojikiston, Eron va Qirg'iziston ayollar terma jamoalari ushbu musobaqada o'zaro kuch sinashishadi. 

Musobaqaning davra tizimida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Har bir terma jamoa jami oltitadan o'yin o'tkazadi. Musobaqada umumiy hisobda 12 ta o'yin bo'lib o'tadi. Yakunda eng ko'p ochko jamg'argan terma jamoa musobaqa g'olibiga aylanadi.

“CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022” xalqaro turnirining taqvimi:

1-tur

21 yanvar

15:00 – O'zbekiston – Eron

18:00 – Tojikiston – Qirg'iziston

2-tur

22 yanvar

15:00 – Qirg'iziston – O'zbekiston

18:00 – Eron – Tojikiston

3-tur

24 yanvar

15:00 – Qirg'iziston – Eron

18:00 – Tojikiston – O'zbekiston

4-tur

25 yanvar

15:00 – Eron – Qirg'iziston

18:00 – O'zbekiston – Tojikiston

5-tur

27 yanvar

15:00 – Qirg'iziston – Tojikiston

18:00 – Eron – O'zbekiston

6-tur

28 yanvar 

15:00 – O'zbekiston – Qirg'iziston

18:00 – Tojikiston – Eron


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia