Futzal bo'yicha Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari taqvimi tasdiqlandi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2019, 10:49
Futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo Chempionati bahslari 2020 yilda Turkmanistonda bo'lib o'tadi.

Qita chempionati saralash o'yinlari esa joriy yilning oktyabr oyida o'tkaziladi. Qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy mintaqaning “A” guruhidan o'rin oldi. Terma jamoamizga guruhda Tojikiston, Nepal va Afg'oniston terma jamoalari raqiblik qiladi.


Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari
Markaziy va Janubiy mintaqa
“A” guruhi

O'zbekiston
Tojikiston
Nepal
Afg'oniston

“B” guruhi

Eron
Qirg'iziston
Turkmaniston

Bizning mintaqa saralash bahslariga Eronning Urmiya shahri mezbonlik qiladigan bo'ldi. Barcha uchrashuvlar Urmiyadagi “Gadir Hall” sport majmuasida tashkil etiladi.


Saralash o'yinlari taqvimi:
23 oktyabr, chorshanba

Turkmaniston – Eron
Tojikiston – Nepal
O'zbekiston – Afg'oniston

24 oktyabr, payshanba
Qirg'iziston – Turkmaniston
Afg'oniston – Tojikiston
Nepal – O'zbekiston

25 oktyabr, juma
Eron – Qirg'iziston
Nepal – Afg'oniston
O'zbekiston – Tojikiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz