Frenk Lempard murabbiylikka qaytishi mumkin, ammo...

Administrator
12 noya 2024, 23:19
Chempionshipning kamtarona klublaridan biri uni nomzod sifatida ko'rmoqda.

"Chelchi" klubi sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliyada yana ish boshlashi mumkin, ammo bu biror grand klub emas. Frenk Chempionshipdagi "Koventri" klubini boshqarishga nomzodlardan biri bo'lib turibdi. "Koventri" klubi egasi Dag King Lempard bosh murabbiylikka nomzodlardan ekanini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Frenk Lempard 2023 yil "Chelsi"dan ketganidan so'ng hali ham ishsiz hisoblanadi. "Koventri" esa ayni damda Chempionshipda 17-o'rinda bormoqda.


AdministratorMuallif
Manba: The Guardian