Filipp Lam: "Noyer Messi va Ronaldu bilan bir qatorda turadi - u "Oltin to'p"ni yutishi kerak edi"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2026, 21:00
"Bavariya" klubi sobiq sardori Filipp Lam myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyerning futbol tarixidagi o'rni haqida yuqori baho berdi.

"Noyer futbol tarixidagi eng buyuk o'yinchilar bilan bir darajada, Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu bilan teng turadi.

U haqiqatan ham qachondir "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi kerak edi. Kim bu fikrga qo'shilmagan bo'lardi?" - deb yozdi Lam "The Athletic" uchun yozgan kolonkasida.

Eslatib o'tamiz, Manuel Noyer 2014 yilgi "Oltin to'p" uchun kurashda kuchli uchlikdan joy olgan, biroq yakunda sovrin Krishtianu Ronalduga nasib etgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal