FIFA vice-prezidenti Shahzoda Ali Bin Husayn Toshkentga uchib keldi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2013
FIFA vice-prezidenti hamda Iordaniya Futbol Uyushmasi prezidenti Shaxzoda Ali bin Husayn JCH-2014 saralash pley-off javob uchrashuvi - O'zbekiston hamda Iordaniya milliy terma jamoalari uchrashuvini tomosha qilish uchun 9 sentyabr kuni Toshkentga yetib keldi.
Shaxzoda Ali bin Husayin boshchiligidagi Iordaniya futboli rasmiylaridan iborat delegaciya 9 sentyabr kuni Toshkentga uchib keldi. FIFA vice-prezidentini Toshkent Xalqaro Aeroportida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov kutib oldi.

Takidlash lozim, Shaxzoda Ali bin Husayn 10 sentyabr kuni soat 11:00da Toshkentdagi Bunyodkor stadionini borib kuzatadi va OAV hodimlari bilan uchrashadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda Iordaniya milliy terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2014 saralash pley-off javob uchrashuvi 10 sentyabr, seshanba kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com