Ferdinand: "Rahbariyat tezroq qaror qabul qilishi kerak"

Mirjalol Normatov
29 sen 2018
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand mankunianliklarning "Vest Xem"dan mag'lub bo'lgani borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Agarda siz MYU futbolchisi bo'lsangiz, yuragingiz yonishi kerak. Bugun buni futbolchilarda ko'rmadim. Hattoki futbolchilar to'pni o'zlarida ham ushlab tura olishmadi. Futbolchilar murabbiyga qanday darajada ekanini ko'rsatish uchun ham harakat qilishmadi.

MYU tezroq qaror chiqarishi kerak. Rahbariyatdagilar hozirda bosh murabbiyning kelajagini muhokama qilishayotgani aniq. Endi Mourinyoning kyetishini muhokama qiladigan vaqt keldi", - dedi Ferdinand.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC