Farg'onada “Yozgi tatil!” futbol musobaqasi o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2019, 17:01
Farg'ona viloyatining eng chekka va tog'li hududlaridan biri – Shohimardonda 20-21 iyul kunlari mahallalar o'rtasida “Yozgi tatil!” futbol musobaqasi o'tkazildi.

Ushbu musobaqani o'tkazishdan maqsad eng avvalo tog'li hududlarda yashovchi bolalarni futbolga jalb etish, ular o'rtasida musobaqa o'tkazish orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, yozgi tatil kunlari o'quvchi-yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun ko'maklashishdan iborat. Tashkil etilgan musobaqada Shoximardon va Yordon mahallalarida istiqomat qiluvchi 50 nafarga yaqin bolalar ishtirok etdilar.

Futbol assotsiatsiyasi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan ushbu blic turnirda munosib ishtirok etgan bolalarga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan sovg'alar, kubok va diplomlar topshirildi.

Shuningdek musobaqa davomida mazkur hududda futbolni rivojlantirish  ishlari muhokama qilinib, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etishga kelishib olindi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia