"Fanat Superliga". "Metallurg" – "So'g'diyona" 2:2

Narzulla Saydullayev
6 apr 2020, 16:59
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Metallurg" – "So'g'diyona"

"O'yin" soat 17:00da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-savol: Osiyo Kubogi-1996da O'zbekistoning eng birinchi golini kim urgan? Javob: Igor Shkvirin (juraev 6566  "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: 2000 yilgi Osiyo Kubogi finalini qaysi hakam boshqargan? Javob: Ali Busayim (Jamshid Jalilov "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 2004 yilgi Osiyo Kubogida Yaponiya bosh murabbiyi kim bo'lgan? Javob: Ziko (Shahzod Rasulev "Metallurg" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: 2007 yilgi Osiyo Kubogi finalida yagona golni urgan futbolchi kim? Javob: Yunus Mahmud (HAVASKOR JURNALIST "Metallurg" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Metallurg" – "So'g'diyona" 2:2


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia