

"Manchester Yunayted"ga 20 ta gol uradigan Ronaldu o'rnini to'ldirish uchun markaziy hujumchi kerak. Menimcha, Feliks bu rolga mos kelmaydi. Klub yaxshisi Marsyal, Reshford yoki Garnachodan foydalangani maqul. Biroq, umuman olganda, bizga gollar bilan yashaydigan qotil kerak. Joau bunday futbolchi emasligi aniq. Shuning uchun Feliksni olib kelmaslik kerak deb o'ylayman", – dedi Patris Evra.



