Eto’O Sampdoriyaning o'ynovchi murabbiyi bo'lishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
7 may 2015, 19:53
Sampdoriya futbolchisi Samuel Eto’O agar Sinisha Mixaylovich Milan yoki Napoliga o'tadigan bo'lsa jamoani boshqarishi mumkin.
U jamoada o'ynovchi murabbiy vazifasini bajarishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 34 yoshli futbolchi Sampdoriya prezidenti Massimo Ferreroga mana shunday taklif bilan chiqqan.

Shuningdek, Xenk ten Kate uning yordamchisi bo'lishi mumkin. Biroq, A Seriyada o'ynovchi murabbiylar bo'lishi qoidalarga zid. Shu sababli, Kate jamoaning rasmiy bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru