

O'tgan mavsumdan buyon "Nasaf" yoshlariga bosh murabbiylik qilib kelayotgan Zafar Xolmurodov ayni paytda jamoa bilan birga emas. Ushbu mutaxassis yoshlar ligasining 9-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" o'yinida ham ko'rinish bermagan. Bu bellashuvda "Nasaf" o'rinbosarlariga Rahmatilla Muhammadraximov boshchilik qilgandi.
Zafar Xolmurodovning nega iste'foga chiqarilgani sabablari hozircha noma'lum.
Eslatib o'tamiz, Zafar Xolmurodov qo'li ostida "Nasaf" yoshlari ushbu mavsumda 8 ta o'yin o'tkazishdi. Bularning to'rttasida g'alaba qozonishgan bo'lsa, ikkita uchrashuvda durang qayd etildi va yana shuncha bahsda imkoniyat boy berildi.



