

Unda tomonlar murosa ko'chasini tanladi. Mezbonlar tarkibida O'zbekiston terma jamoasi vingeri Oston O'runov, mehmonlar safida esa milliy jamoa himoyachisi Rustam Ashurmatov to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Shunday qilib, "Istiqlol" 20 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilayotgan bo'lsa, 19 ochkoga ega "Persepolis" ikkinchi o'rinda bormoqda.
"Persepolis" keyingi tur uchrashuvini 9 dekabr kuni mehmonda "Paykon"ga qarshi o'tkazsa, "Istiqlol" 10 dekabr kuni "Malavan"ni mehmon qiladi.



