Erik Toxir: "Keyingi mavsumdayoq Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashamiz"

17 apr 2014, 23:19
"Inter" jamoasi prezidenti Erik Toxir jamoaning maqsadlari haqida to'xtalib o'tdi.

Men futbolchilarga mavsum so'nggi biz uchun juda mug'imligini aytib o'tdim. Biz iloji boricha evrokuboklar zonasida qolishni istaymiz. Keyingi mavsumdanoq YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kurashamiz. Yozda yevropa talabiga javob bera oladigan hujumchini sotib olmoqchimiz. Nomzodlar juda ko'p, lekin biz eng yaxshisini olishni ko'zlaganmiz. Bizga hujumchi zarur. Mish-mishlarga ko'ra, Jeko, Torres va Morata kabi futbolchilarni biz sotib olarkanmiz. Ushbu sanab o'tilgan futbolchilardan birini qo'lga kiritsak zo'r ish bo'lar edi. "Milan" jamoasi italiyalik futbolchilarni sotib olishadi. "Inter" esa ko'proq legionerlarni jalb etadi. Biz italiyaliklarni sotib olishni istaymiz. Lekin bu legionerlarga e'tibor qaratmaymiz degani emas.


Manba: soccer.ru