

“Alves bilan munosabatlarimiz do'stlikdan ham ortiqroq. U ajoyib va oliyjanob inson.
Men operaciya stolida yotganimda, u menga jigar donorim bo'lishni taklif etgan edi.
“Barselona”da men uchun eng esda qolarli daqiqalar, Karles Puyolning sardorlik bog'ichini menga berib, Chempionlar ligasi kubogini boshim uzra balan ko'tarishimni taklif qilgani bo'ldi”, - Abidalning so'zlarini keltiradi barcastuff.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum boshlanishi oldidan Alves, Abidal sharafiga 22-raqamni olishga qaror qilgan edi.



