Enrike Mbappe haqidagi savolga javob berishni istamadi: "Sizlar zerikarlisizlar"

Mirjalol Normatov
23 avg 2024, 00:16
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining sobiq futbolchisi Kilian Mbappe haqidagi savolga javob berishni istamadi.

"Sizlarga: "Francuzlar, juda zerikarlisizlar. Mbappe endi PSJ libosini kiyadigan futbolchi emas. Menga aynan PSJ libosida maydonga tushadiganlar haqida savol beringlar", - dedi murabbiy.

Qayd etish kerak, Mbappening iyun oyida klub bilan shartnomasi yakunlandi va "Real"ga o'tdi. Ma'lumot uchun, Mbappe 2018-2024 yillar davomida PSJ tarkibida 178 o'yinda qatnashib, 162 gol muallifi bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia